30/10/2023

2023– yilning yanvar- sentabr oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining eng yuqori hajmi Sayxunobod (1 519,9 mlrd. so‘m), Boyovut (1 485,3 mlrd. so‘m) va Sirdaryo (1 333,6 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.

Viloyat ko‘rsatkichidan (106,8 %) yuqori o‘sish sur’atlari Guliston (114,7 %) Xovos (109,7 %) va Sayxunobod (107,5 %) tumanlarida kuzatildi.