30/10/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yilning 1- oktabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 11 468 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 406 tani tashkil etgan.

 

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahri – 2 702 ta

Sirdaryo tumani – 1 390 ta

Mirzaobod tumani – 1 061 ta

Boyovut tumani – 1 002 ta

Sayxunobod tumani – 914 ta

Guliston tumani – 915 ta

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 4 421 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 060 ta

sanoat sohasida – 1 514 ta

qurilish sohasida – 1 076 ta