30/10/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 398,0 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Sirdaryo tumani (997,8 mlrd. so‘m), Yangiyer shahri (555,8 mlrd. soʻm), Guliston shahri (431,7 mlrd. soʻm), Shirin shahri (372,3 mlrd. soʻm), Sayxunobod (255,3 mlrd. soʻm) tumani hissasiga to‘g‘ri keldi.