30/10/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 176,0 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,8 % ga oshgan. 2023-yilning sentabr oyida yirik korxonalar tomonidan 23,0 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarildi.