30/10/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 119 088,5 milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 115,5 % ni tashkil etdi. Shundan eng ko‘pi kichik korxonalar hissasiga to‘gri kelib, 95 414,6 milliard so‘mni tashkil qildi. Hududlar kesimida esa Toshkent shahri yetakchi o‘rinni egallab, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 30 987,3 milliard so‘mga yetdi.