Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida ularning ulushi 23,8 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar moliyaviy (23,2 %), transport (22,9 %), aloqa va axborotlashtirish (6,9 %), shuningdek, ta’lim sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (4,2 %) qayd etildi.
Kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,5 % ga yetdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlarning tarkibi:
Savdo xizmatlari – 23,8 %;
Moliyaviy xizmatlar – 23,2 %;
Transport xizmatlari – 22,9 %;
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 6,9 %;
Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 4,2 %;
Boshqa xizmatlar – 4,0 %;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 3,6 %;
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 2,5 %;
Shaxsiy xizmatlar – 2,4 %;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –1,8 %;
Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 1,6 %;
Ijara xizmatlari – 1,6 %;
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 1,5 %.