Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 107,8 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Respublikada bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 25,8 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 56,0 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 18,2 %ni tashkil etdi.