Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida aloqa va axborotlashtirish (124,8 %), ta’lim sohasidagi (123,5 %), moliya (118,2 %) xizmatlarida yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining kamayishi me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda qayd etildi (4,3 %ga).
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari:
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 124,8 %;
Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 123,5 %;
Moliyaviy xizmatlar – 118,2 %;
Boshqa xizmatlar – 117,0 %;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 110,9 %;
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 110,2 %;
Savdo xizmatlari – 109,0 %;
Transport xizmatlari – 107,3 %;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –106,3 %;
Shaxsiy xizmatlar – 105,2 %;
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 104,1 %;
Ijara xizmatlari – 101,0 %;
Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 95,7 %.