23/10/2023

2023- yilning 1- oktabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 13610 tani tashkil etib, 83,8 foizini (11406 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Guliston shahri – 3 272 ta

Sirdaryo tumani – 1 657 ta

Mirzaobod tumani – 1 228 ta

Boyovut tumani – 1 240 ta

Sayxunobod tumani – 1 084 ta

Guliston tumani – 1 079 ta

Sardoba tumani – 1033 ta

Yangiyer shahri – 946 ta

Oqoltin tumani – 860 ta

Xovos tumani – 844 ta

Shirin shahri – 367 ta