Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha poliz ekinlari ekilgan maydon 72,2 ming gektarni tashkil etdi.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, ekilgan poliz ekinlari umumiy maydonining 50,9 % i fermer xoʻjaliklariga, 40,6 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 8,5 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelgan.