Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-iyul holatiga respublika boʻyicha sabzavotlar ekilgan maydon 245,1 ming gektarni tashkil etdi.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, ekilgan sabzavotlar umumiy maydonining 24,6 % i fermer xoʻjaliklariga, 70,9 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 4,5 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.