21- oktabr – O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan Viloyat statistika boshqarmasida maʻnaviy-maʻrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tizim xodimlari bilan birgalikda Viloyat maʼnaviyat va maʼrifat markazi bosh mutaxassisi G.Ochilova ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Har bir xalqning ona tilisi uning bebaho boyligi va milliy iftixori sanaladi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘lishi munosabati bilan viloyat statistika boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi.
Oʻzbek tili kuni muborak boʻlsin aziz vatandoshlar!