20/10/2023

Joriy yilning 20- oktabr kuni butun jaxon statistika kuni munosabati bilan Viloyat statistika boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov tomonidan statistika tizimida koʻp yillar faoliyat yuritib, oʻz bilim va koʻnikmalari bilan yoshlarga ustozlik qilib kelayotgan xodimlar G.Jurayeva, G.Muxraximova va Z.Useinovalarga esdalik sovgʻalar topshirildi.

Yurtimiz istiqboli yoʻlida halol mehnatingizni doimo qadrlaymiz. Yosh xodimlarga berib borayotgan bilimlaringiz uchun doim minnatdormiz. Insoniylik fazilatlar timsoli boʻlgan sizlar kabi aziz ustozlarimizga hamisha taʼzimdamiz!