Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida savdo sohasida 26 160 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. So’nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:
2019-yilda – 27 991 ta
2020-yilda – 25 998 ta
2021-yilda – 28 715 ta
2022-yilda – 26 270 ta
2023-yilda – 26 160 ta