16/10/2023

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida transport xizmatlari hajmi 67,3 mlrd. soʻmga oshib, 469,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan transport xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 103,8 % ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 12,5 % ni tashkil etdi. Guliston shahrida ushbu ko‘rsatkich 118,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda mazkur xizmatlarning o‘sish sur’ati 102,4 % ni tashkil etdi. Shuningdek, avtotomobil transporti xizmatlarining umumiy hajmida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari 60,6 % ni tashkil etdi.