2023- yilning yanvar-avgust oylarida hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Guliston shahriga to‘g‘ri keldi 22,3 %. Shuningdek, Sirdaryo tumani 20,9 %, Yangiyer shahri 17,4 %, Sayxunobod tumani 8,2 %, Boyovut tumani 7,9 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida viloyat o‘sish sur’ati (112,1 %) darajasidan yuqori ko‘rsatkich Guliston tumani (229,6 %), Oqoltin tumani (180,5 %), Yangiyer shahri (169,6 %) hamda Sardoba tumani (145,3 %) qayd etildi.