Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil yanvar-avgust yakunlari boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 5 298,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Ushbu hajmning nisbatan yuqori ulushi shifoxona muassasalarining xizmatlari - 42,9 %. Shifokorlik amaliyoti va stomatologiya sohasidagi xizmatlar - 25,8 %, sogʻliqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlari - 31,3 % ni tashkil etdi.