10/10/2023

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida bino va inshootlarni qurish bo'yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 20,4 % ni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 5,7 % punktga ko'paydi.

Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to'g'ri kelgan ulush 2022- yilning mos davriga nisbatan 6,7 % punktga kamayib, 67,0 % ni tashkil etdi.

Norasmiy sektorning ulushi 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,0 % punktga ko'payib, 12,6 % ni tashkil etdi.