Joriy yilning 10-oktabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov uy xoʻjaliklari kuzatuv jarayonida olinayotgan maʻlumotlarning haqqoniyligi va sifatini ta’minlash maqsadida, Oqoltin tumani, Yangi hayot MFY ga tashrif buyurib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan Chilangar ko‘chasi, 27-1- uyda istiqomat qiluvchi respondent Karimova Rano bilan planshet qurilmasi orqali uy xo‘jaligi savolnomalarini o‘tkazdi.