09/10/2023

2023-yilning 1-sentabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni  2 026 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 15,2 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni  2 004 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Sardoba tumani – 347 ta

Mirzaobod tumani – 320 ta

Sayxunobod tumani – 275 ta

Oqoltin tumani – 250 ta

Sirdaryo tumani – 169 ta

Guliston tumani – 196 ta

Boyovut tumani – 181 ta

Xovos tumani – 144 ta

Guliston shahri – 83 ta

Yangiyer shahri – 42 ta

Shirin shahri – 19 ta