Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 798,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Bu esa 2021- yilning mos davriga nisbatan bajarilgan qurilish ishlarini 227,6 mlrd. soʻmga oshganini koʻrsatadi.