06/10/2023

Qayd etish kerakki, savdo tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-sentabr holatiga Sirdaryo viloyatida 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalari sonining o‘sish sur’ati 39,5 foizni tashkil etdi.

So‘nggi yillarda savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:

2019- yilda – 3 138 ta

2020- yilda – 4 491 ta

2021- yilda – 5 233 ta

2022- yilda – 5 239 ta

2023- yilda – 4 377 ta