06/10/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, O’zbekistonda 2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 414 927 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 411 306 tani tashkil etdi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

savdo sohasida – 154 549 ta

sanoat sohasida – 68 300 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 37 582 ta

qurilish sohasida – 33 917 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 27 453 ta

tashish va saqlash sohasida – 17 347 ta

axborot va aloqa sohasida – 9 635 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 9 145 ta

boshqa sohalarda – 53 378 tani tashkil etgan.