Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 028,3 ming tonna sement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 7,1 % ga oshgan. 2023-yilning avgust oyida yirik korxonalar tomonidan 1 210,7 ming tonna sement ishlab chiqarildi.