29/09/2023

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 7,6 % ni yoki 165,3 mlrd. so'mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 114,4 % ni tashkil etdi. Shundan 81,7 mlrd. so'mi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga to'g'ri kelib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 122,3 % ni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi 8,6 mlrd. so'mni va 124,1 % ni, yakka tartibdagi turar-joylarni ta'mirlash ishlari 75,0 mlrd. so'mni va 106,0 % ni tashkil etdi.