Joriy yilning 29- sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - «Lex.uz»dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan masofaviy tarzda, videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan targ‘ibot materiallari to‘plami (slayd, infografika)dan foydalangan holda tanishtirib, ayrimlarning mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, 2023- yil 30- avgustdagi “Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-865-son, 6- sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-866-son, 7- sentabrdagi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 43- moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqidagi O‘RQ-867-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari haqida gapirib oʻtdi. O‘quv mashg‘uloti davomida xodimlarning yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlari yuzasidan fikr-mulohazalari eshitildi.