28/09/2023

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning 1-sentabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 13 339 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 151 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahri – 2 668 ta

Sirdaryo tumani – 1 361 ta

Sayxunobod tumani – 902 ta

Boyovut tumani – 949 ta

Guliston tumani – 896 ta

Mirzaobod tumani – 1 019 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 4 369 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 004 ta

sanoat sohasida – 1 468 ta

qurilish sohasida – 1 053 ta