28/09/2023

2023- yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida kichik tadbirkorlik hajmi 1 925,4 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. Kichik tadbirkorlik xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 51,2 % ga yetdi. Guliston shahri bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida (549,3 mlrd so‘m) ulushi 34,0 % ni tashkil etdi. Bunga mazkur hududda ro‘yxatdan o‘tgan yirik korxonalarning ko‘pligi sabab bo‘lmoqda. Shirin shahrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 40,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi (55,0 mlrd. so‘m) ushbu hududning ulushi 73,0 % ni tashkil etdi.