25/09/2023

2023- yilning 25- sentabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Guliston shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida seminar tashkil etildi. Talabalar o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarda boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari qatnashdilar. Seminar davomida ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunida talabalarning mavzuga oid savollariga javob berildi.