25/09/2023

2023-yilning 1-sentabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 13 339 tani tashkil etib, 83,6 foizini (11 151 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Guliston shahri – 3 235 ta

Sirdaryo tumani – 1 627 ta

Mirzaobod tumani – 1 185 ta

Boyovut tumani – 1 185 ta

Sayxunobod tumani – 1 072 ta

Guliston tumani – 1 059 ta

Sardoba tumani – 1014 ta

Oqoltin tumani – 856 ta

Yangiyer shahri – 934 ta

Xovos tumani – 817 ta

Shirin shahri – 355 ta