22/09/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida aloqa va axborotlashtirish (123,8 %), ta’lim sohasidagi (122,3 %), moliya (120,2 %) xizmatlarida yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining kamayishi  me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda qayd etildi (5,2 %ga).

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari:

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 123,8 %;

Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 122,3 %;

Moliyaviy xizmatlar – 120,2 %;

Boshqa xizmatlar – 114,7 %;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 110,7 %;

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 110,4 %;

Savdo xizmatlari – 108,6 %;

Transport xizmatlari – 108,3 %;

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –105,6 %;

Shaxsiy xizmatlar – 104,9 %;

Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 104,4 %;

Ijara xizmatlari – 100,8 %.