21/09/2023

2023-yilning 1-sentabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1 500 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 11,2 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 468 taga to‘g‘ri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 321 ta

Sirdaryo tumani – 223 ta

Mirzaobod tumani – 143 ta

Boyovut tumani – 143 ta

Yangiyer shahri – 149 ta

Sayxunobod tumani – 138 ta

Xovos tumani – 95 ta

Guliston tumani – 107 ta

Sardoba tumani – 74 ta

Oqoltin tumani – 61 ta

Shirin shahri – 46 ta