21/09/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyul oylari natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 660,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 20,1 % ga oshgan.

Hududlar kesimida huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi:

Qoraqalpogʻiston R. – 7,1 mlrd soʻm

Andijon viloyati – 8,4 mlrd soʻm

Buxoro viloyati – 9,3 mlrd soʻm

Jizzax viloyati – 3,5 mlrd soʻm

Qashqadaryo viloyati – 10,5 mlrd soʻm

Navoiy viloyati – 6 mlrd soʻm

Namangan viloyati – 9,3 mlrd soʻm

Samarqand viloyati – 18,4 mlrd soʻm

Surxondaryo viloyati – 3 mlrd soʻm

Sirdaryo viloyati – 2,9 mlrd soʻm

Toshkent viloyati – 21,8 mlrd soʻm

Fargʻona viloyati – 15,2 mlrd soʻm

Xorazm viloyati – 9,2 mlrd soʻm

Toshkent shahri – 535,7 mlrd soʻm