21/09/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 20-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Jahon banki eksperti Obert Pimhidzay boshchiligidagi Qashshoqlik va tenglik masalalari bo‘yicha missiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Mazkur uchrashuvda Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich, missiya vakillari Obert Pimhidzay, Ikuko Uochi, Rahimjon Assangaziyev “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida fikr-mulohaza almashishdi.

Tadbir davomida "O'zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash" loyihasini amalga oshirishning hozirgi holati, qashshoqlik profilini tahlil qilish bo'yicha texnik ko'maklashish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Jahon banki va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi o‘rtasidagi hamkorlik hamda kelgisida bajariladigan chora-tadbirlarga oid masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv iliq va do'stona ruhda bo'lib o'tdi.