2023-yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida viloyat korxonalari tomonidan 9424,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,8 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 56,5 % ni tashkil etdi.