2023-yilning yanvar-iyul oylarida Sirdaryo viloyatida import tarkibida sanoat mahsulotlari hajmi 15,1 mln. AQSh dollarini tashkil etib, importning umumiy hajmidagi ulushi 5,6 % ga yetdi.
Sanoat mahsulotlari importi asosan probka va daraxtdan tayyorlangan buyumlar (mebeldan tashqari) (4,1 mln. AQSh dollari), metalldan tayyorlangan buyumlar (2,3 mln AQSh dollari), ruda boʻlmagan qazilmalardan tayyorlangan mahsulotlar (3,1 mln. AQSH dollari), rangli metal (0,6 mln AQSh dollari) va boshqalardan tashkil topgan.