2023-yilning yanvar-iyul oylarida Sirdaryo viloyatida bino va inshootlarni qurish bo'yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 20,6 % ni tashkil etib, 2022- yilning mos davridagi ko'rsatkichga nisbatan 4,2 % punktga ko'paydi.
Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to'g'ri kelgan ulush 2022- yilning mos davriga nisbatan 5,2 % punktga kamayib, 67,5 % ni tashkil etdi.
Norasmiy sektorning ulushi 2022- yilning mos davriga nisbatan 0,9 % punktga ko'payib, 11,9 % ni tashkil etdi.