15/09/2023

Joriy yilning 15-sentabr kuni Viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Rasmiy statistika to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyati” mavzusida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova tomonidan statistika dasturlari, kuzatuvlari va registrlari, ularni tuzish va tasdiqlash tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berildi va mazkur qonunning statistika organlari uchun ahamiyati haqida alohida qayd etildi.