Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 355,6 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5-martaga oshgan. 2023-yilning iyul oyida yirik korxonalar tomonidan 75,2 ming ta konditsioner ishlab chiqarilgan.