13/09/2023

2023– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 366,5 mingtaga yetdi.

2022– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning bosh soni – 19 543 boshga (5,6 %) ko‘paydi.

2023– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 79,5 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.