Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan oʻrtacha 18,5 kvadrat metrni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 0,3 kvadrat metrga oshgan.
Hududlar kesimida aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi:
Qoraqalpogʻiston R. – 17,1 kv. m.
Andijon viloyati – 15,7 kv. m.
Buxoro viloyati – 17,4 kv. m.
Jizzax viloyati – 17,0 kv. m.
Qashqadaryo viloyati – 16,6 kv. m.
Navoiy viloyati – 24,0 kv. m.
Namangan viloyati – 17,0 kv. m.
Samarqand viloyati – 19,4 kv. m.
Surxondaryo viloyati – 13,7 kv. m.
Sirdaryo viloyati – 18,8 kv. m.
Toshkent viloyati – 17,6 kv. m.
Fargʻona viloyati – 20,8 kv. m.
Xorazm viloyati – 24,1 kv. m.
Toshkent shahri – 22,8 kv. m.