11/09/2023

2023– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida sigirlarning umumiy bosh soni 174,6 mingtaga yetdi va 2022– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda sigirlar bosh soni – 5070 taga (3,0 %) ko‘paydi.

2023– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, sigirlar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami sigirlarning 86,4 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.