Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2023-yilning yanvar-iyul oylarida ularning ulushi 23,7 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar moliyaviy (23,3 %), transport (23,0 %), aloqa va axborotlashtirish (6,8 %), shuningdek, ta’lim sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (4,2 %) qayd etildi.
Kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,5 % ga yetdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlarning tarkibi:
Savdo xizmatlari – 23,7 %;
Moliyaviy xizmatlar – 23,3 %;
Transport xizmatlari – 23,0 %;
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 6,8 %;
Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 4,2 %;
Boshqa xizmatlar – 3,9 %;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 3,7 %;
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 2,5 %;
Shaxsiy xizmatlar – 2,4 %;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –1,8 %;
Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 1,6 %;
Ijara xizmatlari – 1,6 %;
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 1,5 %.