08/09/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Joriy yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 600 709 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 barobarga oshgan. So’nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni quyidagicha:

2019-yilda – 330 140 ta

2020-yilda – 402 853 ta

2021-yilda – 483 688 ta

2022-yilda – 531 794 ta

2023-yilda – 600 709 ta