07/09/2023

 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning avgust oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,5 % ga oshgan.

2023-yilning avgust oyidagi istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,6 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 % ga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari oʻrtacha 0,7 % ga oshgani kuzatilgan.

Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik oʻsish darajasi 9,0 % ga yetdi.

Yil boshidan buyon isteʼmol sektoridagi narxlar indeksi oʻrtacha 3,8 % ga oʻsgan.