Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 78 111,2 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlarining jamiga nisbatan ulushi - 70,0 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari ulushi - 19,8 %ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari ulushi - 10,2 %ni tashkil etdi.