04/09/2023

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Sirdaryo viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimlanishi quyidagicha:

binolar va inshootlar qurish yo'nalishi 59,8 % ulushni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi;

fuqarolik obyektlarini qurish yo'nalishi 37,6 % ulushni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 95,8 % ni tashkil etdi;

ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo'nalishi 2,6 % ulushni va 2022- yilning mos davriga nisbatan 96,1 % ni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qurilish pudrat shartnomalari asosida va xo'jalik usulida bajarilgan ishlar, shuningdek, sotish uchun mo'ljallangan obyektlar kiritiladi.