Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. So‘nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar dinamikasi quyidagicha:
2019-yilda – 213 616 ta
2020-yilda – 262 985 ta
2021-yilda – 323 066 ta
2022-yilda – 365 567 ta
2023-yilda – 424 651 ta