31/08/2023

Joriy yilning 31- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – zamon talabi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi Dilnoza Umrzoqova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 6- iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmoni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berdi. Shuningdek, mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida xodimlarning fikr-mulohozalari eshitildi.