31/08/2023

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning 1-avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 13 298 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 113 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahrida – 2 648 ta

Sirdaryo tumani – 1 358 ta

Mirzaobod tumani – 1 016 ta

Sayxunobod tumani – 908 ta

Boyovut tumani – 942 ta

Guliston tumani – 876 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 4 339 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 990 ta

sanoat sohasida – 1 471 ta

qurilish sohasida – 1 075 ta